28 Noyabr 2020 yil 456

Fuqaro narkotik sotayotganda qo‘lga tushdi.

Shu yil 10 noyabr' kuni Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat xarid” tadbiri davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro tadbir ishtirokchisiga 110.000 so‘m pul evaziga giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 1.23 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 26 noyabr' kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech