Fuqaro mastlik oqibatida telefonini o‘g‘irlatdi.
Joriy yil 26 fevral' kuni Uychi tumanida yashovchi ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 12 fevral' kuni soat 20:00 larda, Uychi tumani markazida joylashgan “Toxir ota” nomli oshxonada birga yashovchi akasining mastligidan foydalangan noma'lum shaxs, kurtkasini cho‘ntagida bo‘lgan narxi 3.100.000 so‘mlik “SAMSUNG” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyati xududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB TP profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati