1 May 2021 yil
335
Fuqaro mastlik oqibatida tanishiga jarohat yetkazdi.
Joriy yil 29 aprel' kuni soat 17:30 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro spirtli ichimlikdan mast holatda mahallasi hududida tanishi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, qo‘li bilan urganida, fuqaro boshi bilan yerga yiqilgan.
Natijada, jabrlanuvchi bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati