Fuqaro jinoyat sodir etib, IIBga ariza berdi
2021 yil 23 dekabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 22 dekabr' kuni soat 16:00 dan soat 19:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, birga yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan singlisiga tegishli bo‘lgan narxi 1.275.000 so‘mlik 80 kg. kuritilgan g‘aynoli qoqilarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rshini so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB HPMB profilakatika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni arizachining o‘zi sodir etib, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaroga 700.000 so‘m pul evaziga sotib yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 24 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati