Fuqaro “Gashish” sotayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.
Joriy yil 21 sentyabr' kuni viloyat IIB JQB katta tezkor vakili va Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahrida tadbir ishtirokchisiga 500.000 so‘m pul evaziga 2 dona yaltiroq qog‘oz parchasiga o‘ralgan to‘q jigarrang rangli, o‘tkir hidli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotgan vaqtida, ushlangan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,23 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati