31 Avgust 2021 yil
350
Fuqaro avtomashinani pulini to‘lamay boshqasiga sotib yubordi.
2021 yil 6 avgust kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 31 yanvar' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro undan Neksiya-3 rusumli avtomashinasini 9.650 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, kelishilgan pullarni shu yil 17 iyun' kuni to‘liq berishini aytib, avtomashinani boshqa shaxsga 7.000 AQSh dollariga sotib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati