4 May 2022 yil 527

Fuqaro avtomashinani jarima maydonidan chiqarish evaziga 600 000 so‘m so‘radi.

Joriy yil 21 aprel kuni Chortoq tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni 1967 yilda tug‘ilgan shaxs tumandagi IIB YHXB jarima maydoni qoravuli bo‘lgani holda firibgarlik yo‘li bilan jarima maydonidan avtomashinalarni chiqarishga hech qanday huquqi bo‘lmasada, fuqaroga jarima maydonida saqlanayotgan GAZ-2401 rusumli avtomashinasini 600.000 so‘m pul evaziga chiqarib berishini aytganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, arizada nomi keltirilgan shaxs fuqarodan olib, yashirib qo‘ygan 600.000 so‘m pullar holislar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun bayonnoma asosida olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech