25 Aprel 2022 yil 509

Fuqaro 33 bosh mollarini firibgarga qo‘sh-qo‘llab topshirib qo‘ydi.

2022 yil 4 aprel' kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 12 iyun' kuni, Zarkent MFYdagi hayvon bozorida Chust tumanida yashagan, shu yil 19 fevral' kunidan O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan ayblanib, 12-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, 33 bosh mollarini 380 mln so‘mga baholashib, oldindan 82 mln so‘m pullarini berib, qolgan 298 mln so‘m pullarini 2021 yil oktyabr' oyiga berish sharti bilan olib ketib, hozirga qadar pullarini bermayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 24 aprel' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech