7 Noyabr 2020 yil 444

Fuqaro 125,5 gramm marixuana bilan qo‘lga tushdi.

Shu yil 27 oktyabr' kuni soat 15:30 larda o‘tkazilayotgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, Kosonsoy tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan shubxali ko‘ringan fuqaroni to‘xtatib, yoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qo‘lida bo‘lgan oq rangli setkasi ichida qora rangli sellofan paketga o‘ralgan, o‘tkir xidli, och yashil rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 125,5 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvand moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 5 noyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech