5 May 2025 yil 394

Fuqaroning yonidan “gashish” giyohvand moddasi aniqlandi

Joriy yilning 29 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Uchqo‘rg‘on tumani IIB va DXX tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Yorqinxayot” mahallasi hududida, “Qo‘g‘ay” mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, fuqaro T.U ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, o‘zining yonida 0.36 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech