12 May 2025 yil
178
Fuqaroning uyali telefonidan “gashish” aniqlandi
Joriy yilning 28 aprel kuni kuni o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Pop tuman Ichki ishlar bo‘limi 1-son IIB xodimlari tomonidan, Pop tumani, “Qo‘shminor” mahallasi hududidagi “Namangan” muntazam YPX maskanida, Farg‘ona viloyati, Quva shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan, fuqaro K.Fning uyali telefon apparatining g‘ilofi orasidan 0,42 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati