31 Oktyabr 2025 yil
126
Fuqaroning plastik kartasidagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘tkazib olgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 11-oktyabr kuni viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yilning 28-iyul kuni, Namangan shahar “Madaniy Maorif” mahallasida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan S.N.ni ishonchiga kirib, plastik kartasidan 1.000.000 so‘m pulini o‘tkazib olgan shaxs, Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan J.M. ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati