31 Oktyabr 2025 yil
10
Fuqaroning plastik kartasidagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan yechib olgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 12-oktyabr kuni viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yilning 4-avgust kuni, Davlatobod tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan T.Z.ni ishonchiga kirib, plastik kartasidan 1.300.000 so‘m pullarini o‘tkazib olgan shaxs, Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan J.M. ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati