22 Aprel 2023 yil 419

Fuqaroning xonadonidan giyohvand modda topildi.

2023 yil 18 aprel kuni viloyat IIB TQX UJQKB katta tezkor vakili tomonidan olingan maʼlumotga asosan DXX Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Norin tumanida yashovchi, 2022 yilda JKning 270-moddasi 1 qismi bilan sudlangan, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadonidagi sandiqcha ichida yelim paketga o‘ralgan modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan. Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasida ushbu moddalarning sof og‘irligi 19,92 gramm bo‘lgan “Ko‘knori somoni” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech