7 May 2025 yil
283
Fuqaroning egnidagi kiyimidan giyohvand modda topildi
Joriy yilning 27 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Pop tumani Ichki ishlar bo‘limi 1-sonli IIB xodimlari tomonidan “Qo‘shminor” mahallasi hududida, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan, fuqaro T.J egnidagi shimining cho‘ntagida umumiy sof og‘irligi 0,98 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati