25 Iyul 2025 yil 255

Fuqaroning egnidagi kiyimidan “gashish” aniqlandi

Joriy yilning 30-iyun kuni Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan Namangan shahar Obihayot mahallasi hududida, Namangan shahar, “Kurashxona” mahallasida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan, fuqaro K.A. ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimini cho‘ntagida selofan paketga o‘ralgan sof og‘irligi 0,31 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech