Fuqaroning yonidan “Marixuana” chiqdi.
Joriy yil 11 may kuni viloyat IIB TXTB JQB tezkor vakillari tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani “Oqtosh” mahallasida joylashgan To‘raqo‘rg‘on temir yo‘l bekati oldida, shubhali hatti-harakatlar sodir etgan, fuqaro to‘xtatilib, xolislar ishtirokida yoni ko‘zdan kechirilganida, egnida bo‘lgan trikosining o‘ng yon cho‘ntagidan qora rangli sellofan paketga o‘ralgan, nam holatdagi o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 1,22 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha viloyat IIB Transportda XTB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati