31 Oktyabr 2025 yil 66

Fuqaroning yonidan giyohvand modda topildi

Joriy yilning 6-oktyabr kuni, Namangan tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan tumani “Tepako‘rg‘on” mahallasida yashovchi I.A.ni tumanning “Oqbuloq” mahallasi hududida yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yonidagi sigaret qutisi ichida og‘irligi 0,86 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech