25 Sentyabr 2025 yil
                            
                                95                            
                    Fuqaroning yonidan giyohvand modda topildi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 19-sentyabr kuni Norin tumani "Suzoqovul" mahallasida yashovchi fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida sof og'irligi 83,85 gramm bo‘lgan "Gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                    