17 Noyabr 2025 yil
117
Fuqaroning yonidan giyohvandlik moddasi aniqlandi
Joriy yilning 15-oktyabr kuni Yangi Namangan tuman IIB xodimlari tomonidan, tumanning “Sahovat” mahallasi hududida Uchqo‘rg‘on tumani “Maʼdaniy” mahallasida yashovchi, N.A.ni to‘xtatilib, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, sof og‘irligi 0,47 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati