8 Oktyabr 2025 yil 62

Fuqaroning yonidan giyohvandlik moddasi aniqlandi

"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunligi" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 1-oktyabr kuni Davlatobod tumani "Yangi tong" mahallasida yashovchi fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida sof og'irligi 6 gramm bo‘lgan "Gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech