2 May 2025 yil
539
Fuqaroning yonidan “Gashish” moddasi topildi
Joriy yilning 21 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Davlatobod tuman IIB xodimlari tomonidan, “Yangi tong” mahallasida shubhali tarzda harakatlanib ketayotgan, shu mahallada yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Aning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning egnidagi shimining cho‘ntagida 0,38 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati