26 May 2025 yil
464
Fuqaroning yonidan “gashish” topildi
Joriy yilning 7 may kuni Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan “Beruniy” mahallasi hududida, Namangan shahar, “Gulbog‘” mahallasida yashovchi, fuqaro J.M boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashina to‘xtatilib, avtomashinasi va yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yonidan sof og‘irligi 0,22 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati