24 Sentyabr 2025 yil
                            
                                89                            
                    Fuqaroning yonidan "Gashish" giyohvandlik moddasi topildi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 25 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 18-sentyabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumani Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaroning yoni xolislar ishtirokida tekshirilganda 7,46 gramm bo‘lgan «Gashish» giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                    