Fuqaroning yonidan “Gashish” giyohvand moddasi aniqlandi
Joriy yilning 22-aprel kuni o‘tkazilayotgan viloyat hududi bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Uchqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan Uchqo‘rg‘on tumani hududidagi metan gaz quyish shoxobchasi yonida to‘xtab turgan, “Kobalt” rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkent viloyatida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan Ya.Oning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimining cho‘ntagida 8,51 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati