4 Avgust 2025 yil 250

Fuqaroning cho‘ntagidan giyohvand modda topildi

Joriy yilning 15-iyul kuni Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan Namangan shahar "Sharq tongi" mahallasida yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan, M.R. boshqaruvidagi “Vaz-2106” rusumli avtomashinasini to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnida shimining cho‘ntagida sof og‘irligi 0,87 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech