7 Iyun 2025 yil 164

Fuqaroning atvomashinasidan “Marixuana” topildi

Joriy yilning 21-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbir davomida, viloyat IIB JXX YHXB va tuman IIB YHXG xodimlari tomonidan, Kosonsoy tumani, “M.Aʼzam” mahallasi hududida, Kosonsoy tumani, “Obod” mahallasida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan, fuqaro G‘.U boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, atvomashinadan sof og‘irligi 7.89 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech