10 May 2025 yil 171

Fuqaroning yashash uyini og‘ilxonasidan giyohvand moddalar aniqlandi

Joriy yilning 30 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Kosonsoy tumani IIB xodimlari tomonidan, Kosonsoy tumani, “Iftihor” mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan, fuqaro R.Mning yashash xovlisidagi og‘ilxonasidan sof og‘irligi 20,61 gramm “Marixuna” va 0,02 gramm “Gashish” giyohvandlik moddalari saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech