1 Iyul 2025 yil
271
Fuqaroning yashash uyidan qoramol o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi
Joriy yilning 12-iyun kuni Yangiqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida, shu yil 3-iyun kuniga o‘tar kechasi, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Xadikent” mahallasida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan, fuqaro U.Oning yashash uyi hovlisiga tomorqa eshigi orqali kirib, molxonasida bo‘lgan narxi 16.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketgan shaxs, Chortoq tumani, “To‘pqayrog‘och” mahallasida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan, fuqaro M.N va 2003-yilda tug‘ilgan, fuqaro N.U ekanliklari aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati