30 May 2025 yil
568
Fuqaroning yashash uyidan marixuana aniqlandi
Joriy yilning 18-may kuni “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Yangiqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Ko‘kyor” mahallasida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan, fuqaro I.Ining yashash xonadonidan sof og‘irligi 1,37 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati