7 Avgust 2025 yil
70
Fuqaroning yashash uyidan giyohvandlik moddasi topildi
Joriy yilning 19-iyul kuni DXX tuman bo‘limi va tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Chortoq tumani “Baliqliko‘l” mahallasida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan M.Qning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida gilam tagida bo‘lgan og‘irligi 1,50 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati