6 May 2025 yil 458

Fuqaroning yashash uyidan giyohvand moddalar topildi

Joriy yilning 29-aprel kuni viloyat hududi boʻylab oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Kosonsoy tumani IIB xodimlari tomonidan, “S.Sheroziy” mahallasida yashovchi, 1959-yilda tugʻilgan, fuqaro M.Rning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, xonadon tokchasida matoga oʻralgan, ogʻirligi 5,53 gramm boʻlgan “Koʻknor somoni” hamda ogʻirligi 18,89 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech