5 May 2025 yil
238
Fuqaroning yashash uyidan “gashish” aniqlandi
Joriy yilning 24 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan shu tumanning “Beruniy” mahallasida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan, D.M. o‘zining yashash xonadonida 0.79 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati