21 Avgust 2025 yil 70

Fuqaroning yashash uyidagi muzlatgichdan giyohvandlik moddasi topildi

Joriy yilning 22-iyul kuni, Norin tumani IIB profilaktika inspektori tomonidan, Norin tumani “Boyovul” mahallasida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan N.Ini yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv harakatlari natijasida, yashash uyidagi eski muzlatgichda og‘irligi 0,7 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech