7 Avgust 2025 yil 104

Fuqaroning yashash uyida giyohvand modda aniqlandi

Joriy yilning 19-iyul kuni tuman IIB xodimlari tomonidan Kosonsoy tumani “Qorasuv” mahallasida yashovchi, 1967-yilda tug‘ilgan T.Xning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida yotoqxonasida sof og‘irligi 0.64 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech