30 Sentyabr 2025 yil 85

Fuqaroning yashash xonadonidan giyohvandlik moddasi aniqlandi

"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 25-sentyabr kuni Pop tumani "Ozod" mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida sof og'irligi 37 gramm bo‘lgan "Marixuana" giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech