25 Iyul 2025 yil
252
Fuqaroning yashash xonadonidan giyohvand modda topildi
Joriy yilning 15-iyul kuni o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbirlari davomida, viloyat IIB va Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan, Namangan shahar, “Obod” mahallasida yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan, fuqaro T.Tning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, yashash uyidan jami 3 bo‘lak, sof og‘irligi 8,55 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati