25 Sentyabr 2025 yil
93
Fuqaroning yashash xonadonidan giyohvand modda topildi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 22-sentyabr kuni Namangan shahar "Obod" mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida sof og'irligi 6.69 gramm bo‘lgan «Gashish» giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati