Fuqaroning yashash xonadonidagi buyumlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 1-sentyabr kuni, Norin tumani “Kemaboshi” mahallasida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan Q.D. murojaat qilib, shu yil 27-avgust kunidan 1-sentyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, yashash xonadoni mehmonxonasidagi shkafda bo‘lgan narxi 11.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.
Viloyat IIB EKB xodimlari tomonidan hodisa joyidan olingan 8 dona qo‘l barmoq izlari tekshirilganida, 2 donasi, Norin tumani “Kemaboshi” mahallasida yashovchi, K.D.ni qo‘l barmoq izlariga mos kelganligi aniqlanib, tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, D.K. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati