6 Noyabr 2025 yil
22
Fuqaroning yashash xonadonidan giyohvand modda aniqlandi
Joriy yilning 17-oktyabr kuni Chortoq tumani IIB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Chortoq tumani “Namangan” mahallasida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan I.N.ni yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, qog‘oz o‘ramga o‘ralgan sof og‘irligi 9.06 gramm bo‘lgan “Marixuna” giyohvandlik vositalari borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati