24 Sentyabr 2025 yil 88

Fuqaro tomorqasida "Kannabis" o'simligi yetishtirayotgani aniqlandi

"Xavfsiz hudud - dolzarb 25 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 18-sentyabr kuni Kosonsoy tumani "Nurafshon" mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda tomorqasida 10 tup «Kannabis» o‘simligi yetishtirib kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech