Fuqaro ov qurolini o‘z ixtiyori bilan IIBga topshirdi.
2023 yil 15 aprel kuni DXX viloyat boshqarmasi xodimlari va viloyat IIB TQX JQB tezkor vakili tomonidan hamkorlikda olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida Yangiqo‘rg‘on tumani «Rovut» MFYda yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14 aprel kuni soat 16:30 larda, yashash uyining tom qismini tozalayotgan vaqtida, marhum otasiga tegishli bo‘lgan, eski matoga o‘ralgan, 1964 yilda ishlab chiqarilgan, “MS 21-12” rusumli, 12 kalibrli, bir silliq stvolli, ov qurolini topib olganligini maʼlum qilib, o‘z ixtiyori bilan tuman IIBga taqdim qilgan. Namangan viloyati IIB EKMning xulosasiga ko‘ra, ushbu ov quroli otish uchun yaroqli ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2023 yil 23 aprel kuni O‘z.R JPKning 84-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad etilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati