2 Iyul 2025 yil 124

Foizsiz kredit vaʼda qilgan firibgarga chora ko‘rildi

Joriy yilning 19-iyun kuni Davlatobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 7-fevral kuni, Davlatobod tumani, “Quyi Rovuston” mahallasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan, fuqaro K.Nning ishonchiga kirib, unga “TBC Bank” ATBdan foizsiz kredit olib berishlarini aytib, telefon apparati orqali uning nomiga 2.294.000 so‘m mikroqarz rasmiylashtirib, ushbu pullarni o‘tkazib olgan shaxs, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Sharq” mahallasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan, fuqaro G‘.U ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech