6 Aprel 2022 yil
593
Firibgarning tuzog‘iga ilingan 18 fuqaro
2022 yil 4 aprel kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil iyul oyida Namangan shahrida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan ayol uni hamda 17 nafar tanishlarini aldab, Namangan shahrida faoliyat yurituvchi shifoxonalarga hamshira va kichik tibbiyot xodimi sifatida ishga kiritib qo‘yishini aytib, ushbu fuqarolarni har biridan 300 va 500 AQSH dollarigacha bo‘lgan mablag‘larini olib, pullarni qaytarmasdan, jami 8.500 AQSH dollarini o‘zining shaxsiy ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati