Firibgarning qilmishi fosh bo‘ldi.
Shu yil 5 fevral kuni Yangiqo‘rg‘on tuman IIBdan kelgan hujjatlarga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil noyabr oyida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, “Ishonch” savdo do‘konida ishlashini aytib, agarda pul berib tursa savdodan topilgan foydasidan unga ham berib turishini aytib, 5.800 AQSh dollarini olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, 2021 yil noyabr oyida, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan ayolni ham ishonchiga kirib, Namangan shahridagi “Do‘stlik” buyum bozorida 2.000 AQSh dollarini olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati