2 Oktyabr 2020 yil
555
Firibgarning kirdikori fosh bo‘ldi.
Joriy yil 21 sentyabr' kuni Chortoq tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil yanvar' oyida shu tumanda yashovchi tanishi unga tegishli M-412 rusumli avtomashinasini ikki oy muddatda pulini to‘lash sharti bilan 8.000.000 so‘mga sotib olib, hozirgi kunga qadar aldab, pullarini bermay kelayotganligini ma'lum qilgan va fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 1 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hurmatli hamyurtlar, ogoh bo‘ling! Mol-mulkingizni firibgarlarga ishonib topshiib qo‘ymang!
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati