6 Aprel 2022 yil
405
Firibgarning firibidan sarson bo‘lgan Kobalt
2022 yil 26 mart kuni Norin tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 26 fevral kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan tanishi uni ishonchiga qirib, Kobalt rusumli avtomashinasini 8.650 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, 500 AQSH dollarini berib, qolgan 8.150 AQSH dollarini shu yil 6 mart kuniga qadar berishini aytib, aldab, avtomashinani olib ketib, boshqa shaxsga garovga berib, ushbu shaxsdan ham 2.700 AQSH dollari olib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati