17 Mart 2021 yil 383

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan shaxs Andijon viloyatidan ushlandi.

Shu yil 13 mart kuni Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashagan, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaroni Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakili va shahar IIO FMB TB bo‘linma boshlig‘i tomonidan Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hududidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech