Firibgarlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yil 13 may kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil mart oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 2016 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, unga tegishli Namangan shahar hududida joylashgan 10 sotix yer maydonini 15.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 5.500 AQSh dollarini berib, qolgan pullarni 6 oy davomida berishini aytib, boshqa shaxsga 10.000 AQSh dollariga sotib yuborib, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati