7 Iyun 2025 yil
458
Firibgarlik jinoyati sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi
2025 yilning 23-may kuni o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 3-qismi va 228-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Davlatobod tumani, “Xalqlar Do‘stligi” mahallasida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan, fuqaro Yu.D viloyat IIB va Davlatobod tumani IIB xodimlari tomonidan Davlatobod tumani hududidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati